Ommaviy oferta
- Asosiy
- Ommaviy oferta
https://kshop.uz/ veb-saytida joylashgan K-SHOP internet-do‘koni sayt tashrif buyuruvchilariga quyida keltirilgan shartlar asosida tovarlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishni taklif etadi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu oferta ommaviy hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq tuzilgan hisoblanadi.
1.2. Buyurtmani https://kshop.uz/ saytida rasmiylashtirish fakti xaridorning ushbu oferta shartlariga to‘liq roziligini anglatadi.
1.3. Internet-do‘kon oldindan ogohlantirmasdan ommaviy ofertaga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2. Shartnoma predmeti
2.1. Sotuvchi xaridor tomonidan saytda tanlangan tovarni xaridorning mulkiga topshirish majburiyatini oladi, xaridor esa ushbu oferta shartlari asosida tovar haqini to‘lash va qabul qilish majburiyatini oladi.
2.2. Tovarning nomi, assortimenti, miqdori, narxi va boshqa xususiyatlari xaridor tomonidan tuzilgan buyurtmada ko‘rsatiladi.
3. Buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish
3.1. Xaridor saytda buyurtmani mustaqil ravishda rasmiylashtiradi, kerakli ma’lumotlarni (ismi, aloqa raqami, yetkazib berish manzili va boshqalar) ko‘rsatgan holda shaklni to‘ldiradi..
3.2. Buyurtma rasmiylashtirilgandan va to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, Xaridorning "Mening buyurtmalarim" bo‘limidagi holati avtomatik ravishda "Qabul qilindi"ga o‘zgaradi, ya’ni uning Sotuvchi tomonidan qayta ishlanganligi tasdiqlanadi.
4. Narxi va to‘lov tartibi
4.1. Mahsulotlar narxi veb-saytda ko‘rsatilgan va sotuvchi tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin. Biroq tasdiqlangan buyurtma uchun uni rasmiylashtirish paytida ko‘rsatilgan narx amal qiladi.
4.2. Xaridor tovar uchun to‘lovni Saytda taklif etilgan to‘lov tizimlari orqali amalga oshiradi.
5. Mahsulotni yetkazib berish
5.1. Yetkazib berish kuryer tomonidan faqat Toshkent shahri bo‘ylab yoki veb-saytda ko‘rsatilgan shartlarda uchinchi tomon yetkazib berish xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
5.2. Yetkazib berish muddati xaridorning joylashgan joyiga bog‘liq bo‘lib, buyurtmani rasmiylashtirishda ko‘rsatiladi.
5.3. Xaridor tovarni qabul qilish paytida uning buyurtmaga muvofiqligini tekshirishi shart.
6. Mahsulotni qaytarish va ayirboshlash
6.1 Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari to‘g‘risida"gi qarorining 145-bandiga muvofiq "Qaytarilmaydigan yoki boshqalarning xuddi shunday tovariga almashtirilmaydigan tovarlar komissiyaga qabul qilinmaydi: o‘lchami, shakli, gabariti, bichimi, rangi yoki butligi; uy sharoitida kasalliklarning oldini olish va davolash uchun tovarlar; shaxsiy gigiyena buyumlari, parfyumeriya-kosmetika tovarlari, tikuv va trikotaj buyumlari, paypoq mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘ladigan, polimer materiallardan tayyorlangan, shu jumladan bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar va materiallar, ilgari iste’molda bo‘lgan maishiy kimyo tovarlari, dori vositalari." Tovar Qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.
7. Tomonlarning javobgarligi
7.1. Sotuvchi individual ko‘tara olmaslik, kosmetika vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki ularni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiyalar uchun javobgar emas.
7.2. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirishda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish uchun javobgar.
7.3. Sotuvchi tovarni uchinchi tomon yetkazib berish xizmatlariga topshirgandan keyin uning saqlanishi va holati uchun javobgar emas. Yetkazib berish bosqichida buyurtma shikastlangan yoki yo‘qolgan taqdirda, Xaridor to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli yetkazib berish xizmatiga murojaat qilishi kerak.
8. Maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlar himoyasi
8.1. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlariga "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlov beriladi..
8.2. Sotuvchi sotib oluvchining roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
9. Xaridor sharhlari
9.1. https://kshop.uz/ veb-saytida xarid qilingan tovarlar haqida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va umume’tirof etilgan odob-axloq me’yorlariga rioya qilgan holda fikr bildirish huquqiga ega.
9.2. K-SHOP internet-do‘koni fikr-mulohazalarni oldindan moderatsiya qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunga quyidagilar kiradi, lekin bular bilan cheklanmaydi: nomaqbul iboralar, haqoratli so‘zlar, yolg‘on ma’lumotlar, tashqi manbalar reklamalari, shuningdek, uchinchi tomon huquqlarini buzuvchi har qanday materiallarni olib tashlash yoki tahrirlash.
9.3. Sharh qoldirish orqali xaridor K-SHOP Internet-do‘koni sharh mazmunidan marketing yoki axborot maqsadlarida, jumladan veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish uchun foydalanishi mumkinligiga rozilik bildiradi.
Ushbu oferta veb-saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va sotuvchi uni qaytarib olgunga qadar amal qiladi.