Sevimli brendlar chegirmalar bilan 10% > 15% > 20%

Yetkazib berish va to‘lov

TOSHKENT BO‘YLAB YETKAZIB BERISH:


Soat 11:00 gacha bo‘lgan buyurtmalar o‘sha kuni, soat 11:00 dan keyin esa ertasi kuni jo‘natiladi.

Yetkazib berish vaqti - 14:00 dan 21:00 gacha.

Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish narxi 30 000 so‘m.



Tezkor yetkazib berish:

Tezkor yetkazib berish uchun buyurtmalar har kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha qabul qilinadi. Mahsulot rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 2 soat ichida jo‘natiladi. Yetkazib berish narxi Yandex Taxi tariflari bo‘yicha hisoblanadi va mijoz tomonidan to‘lanadi.


E’tibor bering: Yandex Taksida 19:00 dan keyin rasmiylashtirilgan buyurtmalar ertasiga ertalabga ko‘chiriladi.

Yetkazib berish vaqti kuryerlik xizmatining bandligi va harakatlanish sharoitlariga bog‘liq.

Biz haydovchiga topshirilgan paytdan boshlab tovar uchun javobgar emasmiz.

Mahsulotni qabul qilishda tekshirishni tavsiya qilamiz.

Aksiyalar va chegirmalar paytida tezkor yetkazib berish xizmati ishlamasligi mumkin. O‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, qo‘shimcha ma’lumotlarni oldindan xabar qilamiz.



HUDUDLARGA YETKAZIB BERISH:


Hududlar bo‘yicha yetkazib berish BTS pochtasi orqali amalga oshiriladi.

Buyurtmalar haftada ikki marta: seshanba va juma kunlari yuboriladi.

Soat 11:00 dan keyin rasmiylashtirilgan buyurtmalar keyingi jo‘natma doirasida yuboriladi (agar buyurtma seshanba kuni soat 11:00 dan keyin rasmiylashtirilgan bo‘lsa, juma kuni, agar buyurtma juma kuni soat 11:00 dan keyin rasmiylashtirilgan bo‘lsa, seshanba kuni).

Hududingizdagi BTS ofisigacha yetkaziladi (uyga yetkazish imkoniyati yo‘q).

Yetkazib berish haqi pochta tariflariga muvofiq BTS ofisida qabul qilinganda joyida to‘lanadi. Tariflar bilan BTS.UZ rasmiy saytida tanishish mumkin.

Tovarni Toshkentdagi BTS ofisiga yuborish uchun qo‘shimcha ravishda 10 000 so‘m to‘lov olinadi, bu oldindan to‘lanadi.



TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA BEPUL YETKAZIB BERISH:


500 000 so‘mdan yuqori buyurtmalar uchun yetkazib berish faqat bizning kuryerimiz tomonidan amalga oshiriladi va Toshkent shahri bo‘ylab standart kuryerlik yetkazib berish bilan bir xil vaqt oralig‘ida yetkazib beriladi.