20% niatsinamidli sivorotka tajribali foydalanuvchilar uchun mos keladi, u tiniqlashtirish va husnbuzarlarga qarshi kurashish ta’sirini kuchaytiradi. Adenozin formulani qarishga qarshi ta’siri bilan to‘ldiradi. Yengil tekstura yopishqoqliksiz bir tekis taqsimlanadi.
Niatsinamid (B3) teri rangini tekislashga yordam beradi, giperpigmentatsiyaning oldini oladi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
3-ethyl ascorbate 1% - Vitamin C'ing stabil fosmasi, juda kuchli antioksidant ta’sir ko‘rsatadi, teri holatini normallashtiradi, kollagen hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi va pigment dog‘larini oqartiradi.
Glutation pigmentatsiyaga qarshi kurashadi va kollagen sintezida ishtirok etadi.
Adenozin kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan, terining zichligi va elastikligini oshiradigan, uning elastikligini yaxshilaydigan kuchli qarishga qarshi faol moddadir.
Pantenol (B5) tinchlantiruvchi va tiklovchi ta’sir ko‘rsatadi, qizarish va ta’sirlanishni bartaraf etadi, terining sezuvchanligini pasaytiradi.
Gialuron kislotasi terini chuqur namlaydi, ichidagi namlikni saqlaydi.suvsizlanish va quruqlikning oldini oladi, shuningdek, terining silliqligi va tarangligini saqlashga yordam beradi.